Qadrli hamkasblar,
Halollik va axloqiy xulq-atvor “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining asosiy qadriyatlaridir. Jamiyat birgalikdagi sa'y-harakatlar natijasida yaratilgan ishbilarmonlik obro'sini qadrlaydi. “O‘zavtosanoat” AJ o‘z faoliyatini barcha amaldagi qonunlarga rioya qilgan holda halol va axloqiy asosda olib borishga intiladi.
Shu sababli “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan Komplayens siyosatlariga amal qilish Kodeksi va Komplayens bo'yicha qo'llanma qabul qilingan bo‘lib, ular istisnosiz Jamiyat xodimlariga, shu jumladan direktorlar, mansabdor shaxslar, rahbarlar va Jamiyat tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Jamiyat qonunbuzarliklar to'g'risidagi xabarlarni qabul qilish uchun aloqa markazi xizmatini tashkil etdi.
Kompaniya xodimlari ushbu Kodeks yoki Qo'llanmaning har qanday buzilishi haqida darhol Komplayens bo'yicha mutaxassisga xabar berishlari kerak.
Komplayens xizmati xodimlari bilan bir nechta yo‘l bilan bog‘lanish mumkin:
- Kompaniyaning +998 74 224 20 00 #2709 «Tezkor raqami»ga qo‘ng‘iroqni amalga oshirib;
- compliance@usf.uz elektron pochtasiga xabar yuborib;
«Tezkor raqam» yordamida ma’lumot bergan xodim o‘zining shaxsini aniqlashtiradigan ma’lumot bermaslik huquqiga ega.
Tezkor raqam – bu Kompaniya qoidalarining buzilgani tahmin qilingan hamda buzilgan holatlarni yetkazishning ishonchli va samarali tizimidir. Tezkor raqamga kelib tushayotgan xabarlar tekshirilishi kafolatlanadi, maxfiyligi ta’minlanadi.
Kompaniyaning muvofiqlik bo'yicha mutaxassisi xabarlarning maxfiyligini saqlaydi.
Komplayens siyosatlariga amal qilish Kodeksi (736KB)
Biznes hamkorlarining odob axloq kodeksi (121KB)
Komplayens bo'yicha qo'llanma (567KB)
Xodimlarning odob-axloq kodeksi (212KB)