MCHJ «UZSUNGWOO» QK- Yuqori tehnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlangan yengil avtomobillar uchun shtamplangan va payvandlangan atomobil qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tashkilotdir.
Ishlab chiqarish hajmi – 120 ming komplekt shtamplangan va payvandlangan atomobil qismlari, ya’ni 183 nomga ega bo’lgan Chevrolet Cobalt uchun qismlari.
Korxona Farg’ona Mehanika Zavodi hududida qurilgan bo’lib, umumiy maydoni 60500 kv. metrni, bundan ishlab chiqarish maydoni 11 117 kv. metr tashkil qiladi.
Loyiha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №113 14.04.2011 yilgi Qaroriga muvofiq amalga oshirilgan.
Ustav kapital 14 million dollarni tashkil qiladi, shu jumladan:
AJ “Uzavtosanoat” – 7 million dollar (50 %);
SUNGWOOHitechCo., – 7 million dollar (50%)
SUNGWOOHitechCo., MCHJ – Janubiy Koreya tashkiloti bo`lib, butun dunyo bo’ylab o’zini avtomobil kuzov qismlarini ishlab chiqarish zavodlariga ega bo’lib, xodimlarning umumiy soni 14 000 kishini tashkil qiladi. 1977 yilda tashkil topgan SungwooHitech zamonaviy texnologiya va yuqori sifatli mahsulotlar bilan avtomobil komponentlarini etakchi ishlab chiqaruvchi sifatida, Koreya va dunyo bo'ylab o'z o'rnini topdi. Asosiy buyurtmachilar - Hyundai, Kia и GM-Korea.